Fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi D.Kning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta`minoti uchun, ular voyaga etguniga qadar qarzdor ota R.Mning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilanadi.
Shunga asosan MIBning To`rtko`l tuman bo`limi ijrochisi tomonidan otaning mamlakatdan tashqariga chiqishiga cheklov o`rnatilgan.
Qarzdor ota joriy yilning mart oyida Byuroning tuman bo`limiga kelib, chet elga chiqishga zarurati borligini bildirgan. Davlat ijrochisi unga nisbatan o`rnatilgan cheklovlarni bekor qilish asoslari haqida tushuntirish bergach, ota farzandlari voyaga etguniga qadar to`lanishi lozim bo`lgan 47 mln. so`mdan ortiq aliment pullarini oldindan to`lagan.
Qarzdor tomonidan sud qarori talabi bajarilganligini inobatga olinib, uning chet elga chiqish huquqiga nisbatan o`rnatilgan cheklov bekor qilingan.






