1

Dehqonobodda er-xotinning nikohi 35 yil o`tib qonuniy qayd etildi

Jamiyat 05.04.2024, 13:03
Dehqonobodda er-xotinning nikohi 35 yil o`tib qonuniy qayd etildi

Dehqonobodda 35 yildan buyon shar`iy nikoh asosida yashab kelgan fuqarolarga nikoh guvohnomasi  rasmiylashtirib berildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi xabar qildi.

Dehqonobod tuman FHDY bo`limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjasiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan "Chambil" MFY Avjin qishlog`ida yashovchi fuqarolar Xurramov Safar va turmush o`rtog`i Normatova Malohat 35 yildan buyon  shar`iy nikoh asosida yashab kelayotgan edi. Bugun ularning murojaati asosida  qonuniy nokohini qayd etilib, nikoh guvohnomasi xonadoniga borgan holda topshirildi.

Ma`lumot uchun, Xurramov Safar va turmush o`rtog`i Normatova Malohat 7 nafar farzandning ota-onasi, 14 nabiraning, 1 nafar evaraning bobo-buvisi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1