AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 700 ga yaqin tungi ko`cha chiroqlari o`rnatiladi

'Toshkent viloyatida 700 ga yaqin tungi ko`cha chiroqlari o`rnatiladi'ning rasmi

Toshkent viloyati hududlarida yo`l transport hodisalarining oldini olish maqsadida, 194 ta piyodalar o`tish joylari va 72 ta qayrilish joylariga 675 ta tungi ko`cha chiroqlari o`rnatiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi tadbirlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag`lari hisobidan 1 milliard 400 million so`m miqdorda mablag` ajratildi.

    Boshqa yangiliklar