1

O`zbekiston hududlari bo`ylab 6-7 aprel qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 05.04.2024, 15:10
O`zbekiston hududlari bo`ylab 6-7 aprel qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

Bugun kunduzi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda asosan jadalligi biroz bo`lgan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Bu haqda O`zgidromet  respublikada kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi.

O`zbekistonning qolgan hududlarida kun davomida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublikaning markaziy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldirok bo`ladi. Harorat 20-23, janubda 27 darajagacha bo`ladi.

Ertaga 6 aprel kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir faqat kechasi va ertalab yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati biroz pasayadi va 15-18o atrofida bo`ladi.

7 aprel-yakshanba kuni O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati yana 20-23o gacha ko`tariladi.

Kechalari harorat asosan 7-12o bo`ladi.

5-6 aprel kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

Tog`li hududlarda 5-6 aprelda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik  

(yomg`ir, baland tog`larda qor) bo`ladi, 6 aprelda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda: 5 aprel kechga tomon va 6 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi va shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 5 va 7 aprel kunlari 20-23o, 6 aprel-shanba kuni 15-17o bo`ladi. Harorat kechalari 7-12o atrofida bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1