AsosiyJamiyat

Kreditdan qarzdorning 3 xonali uyi auksionga qo`yildi

'Kreditdan qarzdorning 3 xonali uyi auksionga qo`yildi'ning rasmi

Asaka tumanida yashovchi Z.R. va M.M. ipoteka kreditiga xonadon xarid qilishadi. To`lovlarni amalga oshirmaganliklari sabab qarz beruvchi “Invest Finance Bank” ATBning Andijon viloyati filiali sudga arz qiladi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Asaka tumanlararo sudining 2023 yil 22 iyundagi ijro hujjatiga asosan Z.R. va M.M. dan solidar tartibda da`vogar bankning viloyat filiali foydasiga jami 501.183.369 so`m kredit qarzdorligini undirish belgilanadi. Undiruv ipoteka shartnomasiga asosan javobgar Z.R.ga tegishli Asaka tumani, “Baraka” MFYdagi xonadonga qaratilgan.

Qarzdorlar Byuroning Asaka tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro ishi talablarini bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, kredit qarzlari to`lanmagan.

Shu sababli, ijro hujjatiga binoan Asaka tumanining “Baraka” mahallasida ko`p qavatli uyning 2-etajida joylashgan 3 xonali xonadon xatlandi. Hozirda xonadon 650 000 000 mln. so`m boshlang`ich narxda elektron onlayn-auksion savdosiga qo`yilgan.

Auksion o`tkaziladigan savdo kuniga qadar qarzdorlarning kredit qarzlari to`lanmas ekan, ularga tegishli xonadon sotilib ketishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar