2023 yilda O`zbekiston Respublikasida doimiy aholining o`rtacha umr ko`rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko`rsatkich 2022 yilda 73,8 yoshni tashkil etgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga o`rtacha umr ko`rish davomiyligi:
- Ayollar uchun – 76,9 yosh
- Erkaklar uchun – 72,5 yosh






