1

Uch oyda Toshkent shahrida fohishalik bilan shug`ullangan 1 068 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan

Jamiyat 06.04.2024, 22:27
Uch oyda Toshkent shahrida fohishalik bilan shug`ullangan 1 068 nafar shaxs  javobgarlikka tortilgan

Joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug`ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlangan bo`lib, ma`muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan. 

Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog`liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz poytaxtimizda fohishalik bilan shug`ullanayotgan shaxslar haqida yoki fohishaxona saqlash holatlari yuzasidan ma`lumotga ega bo`lsangiz 102 raqami orqali murojaat qilishingizni so`raymiz", deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, fohishalik bilan shug`ullanish O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasiga ko`ra ma`muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa sabab bo`ladi.

#fohisha    #huquqbuzarlik    #jarima   #javobgarlik 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1