Endi avtomototransport vositasini sotish jarayonida turmush o`rtog`ingizni roziligi arizasini notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Er-xotin umumiy tasaruffidagi mol-mulkni tasarruf etishga rozilik”ni tanlaydi, o`zining shaxsiga oid ma`lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- Rozilik beruvchi qaysi Avtomototransportni sotishga rozilik berayotganini kiritadi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefoningiz orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.






