Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ayni paytda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.
Shuningdek, ayni paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shoxruh Shoahmedov faoliyatida yo`l qo`ygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilingan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tanqidiy-tahliliy nutq so`zlagan.
Zoir Mirzaev raisligida 13-mart kuni Nurafshon shahrida o`tkazilgan navbatdagi “Hokimlik soati”da Parkent tumani hokimi Shohruh Shoahmedov dehqon xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha qo`shimcha 100 gektardan er maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozgan.
Isakulov Sardor Dadajonovich — Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.
Bungacha, u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.