AsosiyJamiyat

Kuchli yomg`ir sabab Parkentdagi qishloqni suv bosdi

'Kuchli yomg`ir sabab Parkentdagi qishloqni suv bosdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani So`qoq qishlog`ida 13 aprel kuni kuchli sel kelgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni qisqa muddatda yog`ib o`tgan ko`p miqdordagi kuchli yog`ingarchilik oqibatida Parkent tumani So`qoq qishlog`ining Chashma mahallasida se.l oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So`qoq qishlog`ining Chashma mahallasi hududidan oqib o`tuvchi suv yo`liga  kuchli yog`ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig`may, mazkur hududdagi avtomobil yo`lining qatnov qismiga toshib chiqgan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o`rganish ishlari olib borilgan va o`rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar