1

Moskvada ichki ishlar bo`limiga olib ketilganlardan 10 nafari O`zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi

Jamiyat 15.04.2024, 19:20
Moskvada ichki ishlar bo`limiga olib ketilganlardan 10 nafari O`zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlari o`rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O`zbekiston fuqarolari bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lumot taqdim etdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Moskva shahri Tagilsk ko`chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda O`zbekiston fuqarolari ishtirok etgan.

Qurilish materiallari noto`g`ri taqsimoti sababli "Everest" korxonasi ishchilari o`rtasida o`zaro kelishmovchilik oqibatida yuz bergan mushtlashuv ishtirokchilarining ichki ishlar bo`limiga olib ketilganlardan 10 nafari O`zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa natijasida hech kim og`ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Qo`lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, ma`muriy jarimalar tayinlangan.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o`zaro hurmatda bo`lishi so`raladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1