1

Fuqaroga Evropa orqali AQShga ishga yuborish va`da qilingan

Jamiyat 15.04.2024, 19:51
Fuqaroga Evropa orqali AQShga ishga yuborish va`da qilingan

Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborishni va`da qilgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G`allaorol tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A.  fuqaro Yu.Q.ning ishonchiga kirib, go`yoki uni 18 000 AQSh dollari evaziga Evropa davlatlari orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSh dollari va 200 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1