1

Fuqaro ushbu harakati uchun taqdirlandi ham

Jamiyat 15.04.2024, 21:17
Fuqaro ushbu harakati uchun taqdirlandi ham

Kuni kecha Chilonzor tumani Katta Hirmontepa ko`chasi 48-uy qarshisida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida haydovchi o`zining “Cobalt” rusumli avtomobilida to`xtab turgan payt ortdan kelgan “Tez yordam” avtomashinasiga qoidani buzib bo`lsa-da yo`l bergan.

Oradan ikki kun o`tgach, uning yashash manziliga jarima qog`ozi borgan.

— Maxsus baza orqali tekshirilganda ushbu fuqaro o`z avtotransport vositasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida to`xtab turgan vaqt “Tez yordam” avtomashinasiga yo`l bergani aniqlandi, — deydi Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov. — Shu sababli holat o`rganilib, haydovchi qoidani buzgan bo`lsa ham jarima jazosi o`rnatilgan tartibda bekor qilindi. Shuningdek, o`z fuqarolik burchini vijdonan bajargan ushbu fuqaro boshqarmamiz tomonidan taqdirlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1