1

"Instagram"da “Iphone 12pro” sotaman deb odamlardan boshlang`ich to`lov olgan firibgar ushlandi

Jinoyat 16.04.2024, 14:25
"Instagram"da “Iphone 12pro” sotaman deb odamlardan boshlang`ich to`lov olgan firibgar ushlandi

"Instagram"dafuqarolarnichuvtushiribkelgan 18 yoshliyigitchaqo`lgaolindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 20 yoshli (ayol) B.X. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.400.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi 18 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.A. “Instagram” ijtimoiy tarmog`i orqali “Iphone 12pro” sotiladi deya yolg`on e`lon joylashtirgan va bu e`longa ishongan jabrlanuvchi (ayol) B.X. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 2.400.000 so`m miqdoridagi pullarni o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga o`tkazib olgan va yozishmalarni o`chirib yuborib, uning qo`ng`iroqlariga javob bermay, "bloklab" qo`ygan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1