AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda havo 34°gacha isiydi

'Bugun ba`zi joylarda havo 34°gacha isiydi'ning rasmi

"O`zgidromet" bugun, 23 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi. 

Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi. 

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° bo`ladi. 

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32°, ba`zi joylarda 34° gacha bo`ladi. 

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo`ladi. 

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar