AsosiyJamiyat
2271

"Svet" va gaz uchun kompensasiya kimlarga beriladi?

'"Svet" va gaz uchun kompensasiya kimlarga beriladi?'ning rasmi

Hukumat Qarori bilan aholining ehtiyojmand qatlamiga qishki mavsumda elektr energiyasi va tabiiy gazning iste`mol me`yorlaridan ortgan qismi uchun davlat tomonidan kompensasiya to`lab berilishi haqidagi band mavjud. 

Adliya vazirining davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova ushbu imtiyozni olish tartiblari haqida ma`lumot berdi.  

Kimlar ehtiyojmand oila sifatida kompensasiya olishi mumkin?

Imtiyozlar "Ijtimoiy himoya milliy reestri"dagi kam ta`minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilarga beriladi.  

"Ijtimoiy himoya milliy reestri"ga kiritilmaganlar ham kompensasiya olishi mumkinmi?

Reestrga kiritilmagan, «mahalla ettiligi» xulosasiga asosan aniqlangan ehtiyojmand oilalar ham kompensasiya olishi mumkin.  

Kompensasiya qachon beriladi?

Ehtiyojmand oilalar kompensasiya olish uchun noyabr-mart oylari davomida, har oyning 15-kuniga qadar «Inson» ijtimoiy markazlari yoki mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilishlari talab etiladi. Shundan so`ng, «Inson» ijtimoiy markazlari ehtiyojmand oilaning ma`lumotlarini ariza berilgan oyning 25-sanasiga qadar yagona reestrga kiritadi.  

Keyingi bosqichda ehtiyojmand oilaning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`moli haqidagi ma`lumotlari o`rganib chiqiladi. Ehtiyojmand oilalar uchun to`lov ro`yxati shakllantirilib, kompensasiya uchun zarur mablag`lar AT «Xalq banki»ga yuboriladi. Kompensasiya ariza yuborilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha bank plastik kartalariga o`tkazib beriladi.  

Qancha miqdorda kompensasiya beriladi?

Tabiiy gaz uchun bazaviy me`yordan ortiq foydalanilgan 250 kubometrgacha, elektr energiyasi uchun esa 150 kilovatt/soatgacha miqdor kompensasiya qilib beriladi.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar