1

Shavkat Mirziyoev Toqaevga hamdardlik izhor etdi

Jamiyat 23.04.2024, 12:53
Shavkat Mirziyoev Toqaevga hamdardlik izhor etdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari qardosh Qozog`iston etakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy o`zgarishlari oqibati ekani qayd etildi.

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1