1

Namanganda tarixiy yodgorliklar o`rnida uy-joy qurmoqchi bo`lgan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 24.04.2024, 15:48
Namanganda tarixiy yodgorliklar o`rnida uy-joy qurmoqchi bo`lgan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Yangi Namanganning “Go`zal” mahallasida joylashgan “Bo`zchi mozor” arxeologiya yodgorligidagi XVI-XVII asrlarga oid qabrlar fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish uchun buzib yuborilgan.

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlarning birida Yangi Namangan “Go`zal” mahallasida joylashgan “Bo`zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga er maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy ob`ektga juda ko`p miqdorda 6,9 mlrd so`m zarar etkazilgani aniqlandi.

Tekshirishlar natijasiga ko`ra jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og`ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1