1

Samarqandda maktab o`quvchisiga jismoniy tazyiq o`tkazib kelingan

Jamiyat 24.04.2024, 18:54
Samarqandda maktab o`quvchisiga jismoniy tazyiq o`tkazib kelingan

Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab o`quvchisiga jismoniy tazyiq o`tkazib kelinayotganligi to`g`risida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o`z kuzatuviga oldi.

O`rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009 yilda tug`ilgan, 7 «V» sinf o`quvchisi U.A. (qiz bola) ga qo`lining ko`karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19 aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o`qituvchisi Sh.Sh. ga aytishgan, lekin o`qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo`ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko`rmagan.

Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning «Inson» ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan  o`rganilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1