AsosiyDunyo

Bayden Isroil va Ukrainaga harbiy yordam berish to`g`risidagi qonun loyihasini ma`qulladi

Bugun 24 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard doll...

Bugun 24 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik harbiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Yordam paketining umumiy hajmi 95 milliard dollarni tashkil etib, shundan 61 milliard dollari Ukraina uchun mo`ljallangan.

Endi bu qaror kuchga kirishi uchun prezident Jo Bayden tomonidan imzolanishi kerak. Bayden Senatdagi ovoz berishdan so`ng hujjatni darhol imzolashga va`da bergan. Qayd etilishicha, shundan so`ng harbiy yordamning birinchi partiyasi Ukrainaga bir necha kun ichida etkaziladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Kongress tomonidan ma`qullangan Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonunlarni imzoladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonunlarni imzolaganidan keyin maxsus bayonot berdi.

Baydenning bayonotidan asosiy iqtiboslar:

Ukrainaga yangi harbiy yordamni etkazib berish yaqin soatlarda boshlanadi. Ukraina Qurolli Kuchlari havo mudofaasi, artilleriya, raketa tizimlari va zirhli texnikalar uchun o`q-dorilarni oladi;

AQShning ittifoqchilariga yordam berishi Amerikani xavfsizroq qiladi;

Putin Ukrainadan keyin NATO a`zolari hududlariga tanklar bilan bostirib kirishi mumkin;

Amerika o`z do`stlarini qo`llab-quvvatlaydi va diktatorlarga qarshi turadi;

Biz G`azo sektoriga gumanitar yordam etkazish uchun bir necha oydan beri ishlayapmiz. Qo`shma Shtatlar G`azoga 1 milliard dollarlik gumanitar yordam ajratmoqda, Isroil uni kechiktirmasdan va to`siqlarsiz etkazishi kerak.

Boshqa yangiliklar