1

Transport vositasi havoni me`yoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

Jamiyat 25.04.2024, 14:31
Transport vositasi havoni me`yoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

Jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o`tkaziladi.

Respublikamizning barcha hududlarida "Toza havo" oyligining birinchi bosqichi davom etmoqda, unda 10 apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o`tkazildi.

Bu «Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda «Ekologik nazorat to`g`risida»gi Qonunning 11-moddasi talablari ijrosini ta`minlash hamda avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga me`yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlandi.

Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so`m jarima qo`llanildi. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to`xtatildi.

Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o`tkazish belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1