AsosiyJamiyat

"G`ishtko`prik" chegara bojxona postida tirbandliklar yuzaga kelmoqda

'"G`ishtko`prik" chegara bojxona postida tirbandliklar yuzaga kelmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to`xtatilgan.

Shu sababli asosiy oqim "G`ishtko`prik" chegara bojxona postiga to`g`ri kelmoqda.

“G`ishtko`prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi xarakatlanmoqda.

Fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko`payib borayotganligini inobatga olgan xolda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Chegara bojxona posti butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi. Rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida to`gatilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar