AsosiyJamiyat

“Afrosiyob” poezdiga chiptalar narxlari oshiriladi

'“Afrosiyob” poezdiga chiptalar narxlari oshiriladi'ning rasmi

15 maydan “Afrosiyob”ga chiptalar narxlari oshmoqda. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, temir yo`l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg`i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish maqsadida “Afrosiyob” elektropoezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshiriladi.

Endilikda chiptalar narxlari quyidagicha bo`ladi:

Toshkent — Buxoro

  • VIP 890 000 so`m
  • Biznes 600 000 so`m
  • Ekonom 403 000 so`m

Toshkent — Qarshi

  • VIP 747 000 so`m
  • Biznes 507 000 so`m
  • Ekonom 338 000 so`m

Toshkent — Samarqand

  • VIP 554 000 so`m
  • Biznes 358 000 so`m
  • Ekonom 244 000 so`m

"O`zbekiston temir yo`llari" kompaniya o`z xabarida prezident 2023 yil 10 oktyabrdagi "O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga muvofiq. 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" elektropoezdlarida yo`lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o`tish amalga oshirilganini eslatgan.

Bundan avval kompaniya 20 yanvardan boshlab "Afrosiyob" elektropoezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O`zbekiston" tez yurar poezdlarining chiptalar narxini 20 foizga oshirgandi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar