1

Navoiy va Sariosiyoda qum-shag`alni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Jamiyat 27.04.2024, 10:11
Navoiy va Sariosiyoda qum-shag`alni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.T.” korxonasi mas`ul shaxslari Nurota tumani hududida joylashgan “Ko`chat” qum-shag`al aralashmasi koni atrofidagi er maydonlaridan maxsus texnikalar yordamida o`zboshimchalik bilan 17,9 ming kub hajmdagi qum-shag`al hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 232,9 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman bo`limi  tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M." korxonasi mas`ul shaxslari tumandagi muhofaza zonasiga kiruvchi er maydonidan 5,5 ming kub hajmdagi qum-shag`al hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143,4 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1