1

Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Jamiyat 28.04.2024, 18:51
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Tesla kompaniyasi asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask Xitoyga kutilmagan tashrif bilan bordi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, bortida Mask bo`lgan shaxsiy samolyot 28 aprel kuni Pekinga qo`ndi. Tadbirkorning Xitoyga borish rejalari oshkora e`lon qilinmagan. Maskning tashrifi 4 maygacha davom etadigan Pekin avtosalon tadbiriga to`g`ri keldi. Biroq, Tesla avtosalonda stendga ega emas.

Nashr manbalaridan birining ta`kidlashicha, Mask Xitoyda to`liq avtonom avtomobillar (FSD) dasturiy ta`minotini joylashtirish masalasini muhokama qilish uchun yuqori martabali xitoylik amaldorlar bilan uchrashish niyatida. Shuningdek, u Xitoyda to`plangan ma`lumotlarni xorijga o`tkazish uchun ruxsat olishni xohlaydi.

FSD- Tesla avtomobillarida avtopilot dasturining eng ilg`or versiyasi. Mijozlarning qo`ng`iroqlariga qaramay, kompaniya uni Xitoyda hali taqdim etmadi. Avvalroq Mask Tesla FSD`ni Xitoyda «tez orada» chiqara olishini aytgan edi.

Tesla o`n yil oldin Xitoy bozoriga kirganidan beri 1,7 milliondan ortiq avtomobil sotdi. 2021 yil holatiga ko`ra, kompaniya Xitoy regulyatorlari talab qilganidek, Shanxayda o`z avtomobillari tomonidan to`plangan barcha ma`lumotlarni saqlaydi va ularni Qo`shma Shtatlarga o`tkazmaydi. Shanxayda Tesla zavodi ham joylashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1