AsosiyJamiyat

Doha-Toshkent yo`nalishida to`g`ridan-to`g`ri parvozlar yo`lga qo`yilmoqda

'Doha-Toshkent yo`nalishida to`g`ridan-to`g`ri parvozlar yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Ashraf Xo`jaev "Qatar Airways" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog`ida davlatlararo to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O`zbekiston va Qatar o`rtasida ikki tomonlama do`stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta`kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog`lab turadigan aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish juda muhim ekanligiga e`tibor qaratdi.

"Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz", – deya ta`kidlagan u.

Bundan tashqari, to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar orqali o`zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg`ulandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2 iyun kuni Doxa-Toshkent-Doxa aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o`tkazishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar