AsosiyJamiyat

Farg`onada maktab o`quvchisi mashinada odam urib ketdi

'Farg`onada maktab o`quvchisi mashinada odam urib ketdi'ning rasmi

Qo`qon shahrida 11-sinf o`quvchisi mashina boshqarib odam urib yubordi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 25 aprel kuni  Qo`qon shahar U.Nosir ko`chasidagi piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodachi 2000 y.t B.M.ni 2006 y.t haydovchi Q.A. o`z boshqaruvida bo`lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida  turtib yuborgan.

Haydovchi  Q.A. piyoda B.M.ga birinchi yordam ko`rsatib, shifoxonaga olib borgan.

Hozirda B.M.ning olgan tan jarohatining og`irlik darajasini aniqlash maqsadida Sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo`lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

Shuningdek, xabarda keltirilgan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.

Yakuniga ko`ra, har bir holatga huquqiy baho beriladi.


 

 

    Boshqa yangiliklar