AsosiyJamiyat

O`zbekistonda harorat 31 darajagacha ko`tariladi

'O`zbekistonda harorat 31 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zgidromet haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, boshlangan ish haftasi davomida O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ertaga - 30 aprel kuni ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. 

O`tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so`ng, harorat foni ko`tarila boshlaydi va hafta o`rtasidan kunduz kunlari 24-29 darajagacha, ba`zi joylarda 31 darajagacha isiydi. Kechalari harorat 10-15 darajagacha ko`tariladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog`li hududlarida 29-30 aprel kunlari ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda: 29 apreldan 3 maygacha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o`rtachagacha bo`lgan tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat 21-24 daraja atrofida bo`ladi, 1-3 may kunlari 25-29 darajagacha ko`tariladi. Harorat kechalari 12-15 darajagacha ko`tariladi. 

    Boshqa yangiliklar