AsosiyDunyo

AQSh Qozog`istondan 81 ta Sovet qiruvchi samolyot sotib oldi

'AQSh  Qozog`istondan 81 ta Sovet qiruvchi samolyot sotib oldi'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar Qozog`istondan 81 ta Sovet qiruvchi samolyotlarini, jumladan MiG-27, MiG-29 va Su-24 sotib oldi. Ular Ukrainaga etkazilishi mumkin. Bu haqda “Kyiv Post”nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2023 yil oktyabr oyida Qozog`iston eski samolyotlar yaroqsiz holatda ekanligini ta`kidlab, sotilishini e`lon qilgan. Hozirda, samolyotlar katta ehtimol bilan AQSh tomonidan sotib olingan bo`lishi mumkin.

Nima sababdan samolyotlar sotib olingani noma`lum, biroq samolyot ehtiyot qismlar uchun Ukrainaga etkazilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, deya qo`shimcha qiladi nashr.

AQSh harbiy yordami allaqachon Ukrainaga kela boshlagan.

Ukraina prezidenti Vladimr Zelenskiy Kievda NATO bosh kotibi Stoltenberg bilan qo`shma brifingda ma`lum qildi.

"Ba`zi narsalar allaqachon kela boshlagan, ammo men aniq nima ekanligini batafsil aytmayman. Afsuski, armiyamizni to`ldirish va tegishli miqdordagi brigadalarni jihozlash uchun hammasi hali tayyor emas", — deya ta`kidladi Zelenskiy.

    Boshqa yangiliklar