AsosiyJinoyat

Darvoza yasovchi usta firibgar bo`lib chiqdi

'Darvoza yasovchi usta firibgar bo`lib chiqdi'ning rasmi

Darvoza yasovchi ustaning hiylasi fosh bo`ldi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahri, Irg`ali tumanida yashovchi 68 yoshli (ayol) S.D. ariza bilan murojaat qilib, o`zining bank kartasidagi 4.630.000 so`m pullari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli T.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.A., jabrlanuvchi (ayol) S.D.ga o`zini darvoza yasovchi usta sifatida tanishtirib, unga temir darvoza yasab berishini aytib, uni aldab, boshlang`ich to`lov sifatida oldindan 4.630.000 so`m pullarini o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga o`tkazib olib, so`ng va`dasini bajarmasdan, yozishmalarni o`chirib yuborganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, X.F.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar