AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda kreditni o`zlashtirgan bank boshlig`i o`rinbosari qo`lga olindi

'Qashqadaryoda kreditni o`zlashtirgan bank boshlig`i o`rinbosari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.X. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o`rinbosari lavozimida ishlagan davrida otasi S.X. rahbarligidagi “S.T.” dehqon xo`jaligiga ushbu bank filialidan ajratilgan 300 mln so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, O.X. fuqaro Z.X.ga imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 30 mln so`mini hamda fuqaro Ch.M.ning kredit qarzdorligini so`ndirib qo`yish uchun 15 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar