1

Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta`minlanadi

Jamiyat 02.05.2024, 17:37
Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta`minlanadi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko`ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta`minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo`lgan ko`p qavatli uy-joylar quriladi;

 

  • qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo`yicha kompensasiya va kafilliklar icha taqdim etiladi;

 

  • ko`p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;

 

  • ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi;

 

  • kambag`allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo`lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash uchun 120 million so`mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;

 

  • banklarning o`z mablag`lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1