AsosiyJamiyat

Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi

'Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi'ning rasmi

Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani 5-kvartalida aravachali ayolning ustiga daraxt qulab tushgani haqida xabar tarqaldi.  

Voqea joyiga etib kelgan xususiy klinika shifokorlari bolani saqlab qola olmadi. Fuqaro (enaga) boshi va qo`lidan jarohat olgan.  

Guvohlarning xabar berishicha, voqea joyida ta`mirlash ishlari olib borilayotgan bo`lgan. Bu daraxtning qulashiga sabab bo`lganmi yoki yo`qmi hozircha noma`lum.  

Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar