1

Qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Jinoyat 04.05.2024, 13:51
Qalbaki  dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro J.F. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.Z.ga qalbaki 1 650 AQSh dollarini haqiqiy 1 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, jami 33 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1