1

3 ta hududda tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 07.05.2024, 17:36
3 ta hududda tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Toshkent, Andijon hamda Xorazmda tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxslar qo`lga olingan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi. 

Ma`lum qiliinishicha, Andijon viloyati Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga ishga kiritib qo`yishi evaziga har biri uchun 800 AQSh dollaridan jami 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xiva shahar bo`limi DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoshi M.I.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga “Bekobod” qishloq vrachlik punktiga ishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining bo`lim mudiri N.Z. (muqaddam sudlangan) fuqaro Z.A.ni Olmazor tumani tez tibbiy yordam bo`limiga ishga kiritib qo`yishi evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1