1

Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo`lishi kutilmoqda

Jamiyat 08.05.2024, 10:31
Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo`lishi kutilmoqda

Parlament quyi palatasi deputati Muqaddas Tirkasheva suv xo`jaligi vaziri Sh.Hamroevning axboroti eshituvida asosiy daryolarimizga suv kelish prognozlari bilan qiziqdi.

Vazirning so`zlariga ko`ra, bu yilgi yog`ingarchiliklar natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv hajmi yaxshi bo`lishi bashorat qilinyapti. Hozirgi holatda o`tgan yilgi daraja kutilyapti. Ko`p yillik me`yorlarga nisbatan esa Sirdaryoda 85-90 foiz, Amudaryoda 90-95 foizgacha suv bo`lishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlarida o`tgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub ortiqcha suv zaxirasi yaratilgan. 

Shuningdek, vazir so`nggi yillardagi ochiqlik siyosati natijasida qo`shni davlatlar bilan ko`p masalalarda, jumladan, suv masalasida ham yaqin hamkorlikda ishlar olib borilayotganini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1