AsosiyJinoyat

Jizzaxda noqonuniy baliq ovlagan shaxs ushlandi

'Jizzaxda noqonuniy baliq ovlagan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jizzaxda 34 bosh baliq ovlagan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi bo`limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari o`tkazilgan.

Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi, Arnasoy bo`limida o`tkazilgan reyd davomida, Sh.Rashidov tumani, "Qatortol" MFYda yashovchi fuqaro J. Z. tomonidan 1 dona rezina qayiq va 65x65 mm o`lchamdagi leskali to`rlardan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlangani ma`lum bo`lgan.

Huquqbuzarlar jami 34 bosh — 20 bosh zog`ora (sazan), 6 bosh oqsila (sudak), 4 bosh do`ngpeshona (tolstolob) va 4 bosh tovonbaliq (karas) baliqlarini noqonuniy ravishda ovlashgan. Ular hayvonot dunyosiga jami 23 mln 936 ming so`m miqdorida zarar etkazishgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar tegishli chora ko`rish maqsadida Forish tuman sudiga yuborilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar