1

Respublikada harorat biroz pasayadi

Jamiyat 09.05.2024, 08:04
Respublikada harorat biroz pasayadi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24-29° bo`ladi, ba`zi joylarda 30-32° bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/ sgacha kuchayadi. Harorat 17-22° bo`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1