1

Sirdaryo viloyati hokimi prezident topshirig`iga ko`ra boyovutlik urush qatnashchisiga uy sovg`a qildi

Jamiyat 10.05.2024, 08:39
Sirdaryo viloyati hokimi prezident topshirig`iga ko`ra boyovutlik urush qatnashchisiga uy sovg`a qildi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliev prezident topshirig`iga ko`ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg`a qildi. Bu haqda hokimlik matubuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbari 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgani, boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg`a qilmoqchiligi ma`lum bo`lgandi.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliev prezident topshirig`idan so`ng, otaxonga uy sovg`a qildi.

101 yoshli otaxon O`skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, kechaning o`zida xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim bugun gospitalda ham bo`lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1