1

Aholi turmush darajasini ta`minlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi

Jamiyat 10.05.2024, 10:53
Aholi turmush darajasini ta`minlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasi Inson resurslari va ijtimoiy ta`minot vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Agentlikdelegasiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Inson resurslari va ijtimoiy ta`minot vaziri o`rinbosari bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv ijtimoiy himoya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

Uchrashuvda tomonlar ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimlarini mustahkamlash strategiyalari va qashshoqlikka barham berish yo`llarini muhokama qildilar. O`zaro hamjihatlik va hamkorlikka intilish jamiyatning barcha a`zolari uchun munosib turmush darajasini ta`minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish uchun ishonchli asos yaratishi ta`kidlandi.

Tomonlar Xitoyning ijtimoiy himoya, sug`urta va ish bilan ta`minlash bo`yicha tajribasi hozirgi kunda faol isloh qilinayotgan O`zbekistonning ijtimoiy himoya tizimini optimallashtirish uchun qimmatli manba ekanligiga kelishib oldilar. Ishtirokchilar konstruktiv muloqot davom etishiga, ijtimoiy xizmatlar va aholini qo`llab-quvvatlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga umid bildirdi.

Shuningdek, agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan “Ijtimoiy sug`urta to`g`risida”gi qonun loyihasi va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish uchun mutaxassislarni jalb etish masalalari ham muhokama qilindi. Tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish, agentlik xodimlari uchun treninglar va o`quv seminarlarini o`tkazish rejalashtirilgan.

Kelgusi hamkorlikdagi ishlar bizga yangi tashabbuslarni joriy etish va salmoqli natijalarga erishish, ikki davlatning ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasidagi sa`y-harakatlarini kuchaytirish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1