AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ko`chatlarni shikastlagan qo`ylarning egasiga chora ko`rildi

'Qashqadaryoda ko`chatlarni shikastlagan qo`ylarning egasiga chora ko`rildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko`chatlari orasiga qo`ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo`limi xodimlari tomonidan turli hududlarda reyd tadbiri o`tkazilgan. Reyd davomida Qarshi tumani “Mang`it” MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko`chatlari orasiga haydab, ko`chatlarga shikast etkazgan. 

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-moddasi () 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O. B. BHMning 50 baravari — 17 mln so`m miqdorida jarimaga tortilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar