AsosiyJinoyat

618,4 mln so`mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

'618,4 mln so`mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi'ning rasmi

618,4 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Ohangaron tuman bo`limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MChJ mas`ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr. kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar