AsosiyJamiyat

Restoran egalariga zug`um o`tkazgan va ichki ishlar xodilari talabiga bo`ysunmagan 9 yigit 15 sutkaga qamaldi

'Restoran egalariga zug`um o`tkazgan va ichki ishlar xodilari talabiga bo`ysunmagan 9 yigit 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Jizzax shahridagi restoranda bezorilik sodir etgan va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmagan 9 nafar shaxs qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu shaxslar viloyatning turli tumanlarda tug`ilgan bo`lib, ular Jizzax shahridagi 5 ta tunggi klubda turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 

Jabrlanuvchilarning ma`lum qilishicha, 9 nafar shaxs Jizzax shahridagi restoranga borib, “nega yarim kechagacha xizmat ko`rsatyapsizlar?” deb zug`um qilishgan. IIB xabariga ko`ra, ushbu shaxslar mazkur restoranni o`zlari ishlaydigan tunggi klubga raqobatchi sifatida ko`rib shunday qilishgan. 

Shuningdek, ularning 3 nafar avval ham turli qilmishlari uchun sudlangani ma`lum bo`ldi.

Jizzax shahar sudida 9 nafar shaxsning qilmishi ko`rib chiqildi va ularning har biriga 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi.


 

 

    Boshqa yangiliklar