Abror Muxtor Aliyning otasi vafot etdi. O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Abror Muxtor Aliyning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.
“Haq taolo marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to`ldirsin.
O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o`qituvchi-mudarrislari nomidan Abror Muxtor Aliyning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji`uun”, - deyiladi idora hamdardligida.
Ma`lumot uchun: Janoza bugun, 13 may, dushanba kuni soat 13:30 larda «Ko`kcha» masjidida o`qiladi.