O`zgidromet haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, ushbu haftaning birinchi yarmida O`zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan kunga ko`tarila boshlaydi va haftaning o`rtasiga kelib 33-36 darajaga etadi, janubda va cho`l hududlarda 38 darajagacha bo`ladi.
Ertadan boshlab faqat respublikaning shimoli-g`arbiy hududlari Kaspiy dengizi hududlaridan kirib kelgan nam havo ta`siri ostida bo`ladi. 14-15 may kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida ba`zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`irlar yog`adi.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo massalari sharqqa qarab tarqalardi va respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Havo harorati 25-30 darajagacha pasayadi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda: 13-15 may kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 13 mayda 29-31daraja, 14-15 mayda 33-36 daraja bo`ladi.
16-17 mayda harorat 25-30 darajagacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.






