To`raqo`rg`on tumani "O`rda" mahallasi Bobur ko`chasining ichki yo`lida 30 yillik haydovchilik tajribasiga ega bo`lgan "KamAZ" haydovchisi mashinasini boshqarib ketayotib, yo`lning o`ng tarafidan chiqib kelgan 2018 yilda tug`ilgan bolani urib ketgan.
Namangan viloyati IIBning ma`lum qilishicha , bolakay bosh miya yopiq shikasti, kalla suyaklari yopiq sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.
Haydovchi, chorrahadagi mashinalardan biri u tomonga o`tish ishorasini ko`rsatgandan keyin, yo`lni bo`shatish maqsadida o`ng tomonga burilganini va bolani bosib ketganini aytadi.
Bilib, bilmay shu hodisa sodir bo`ldi. Bolaning oilasidan yolvorib kechirim so`rayman, kechirim so`rashdan boshqa ish kelmaydi qo`limdan", - deydi haydovchi.