AsosiyJamiyat

Samarqandda 4 yigit egan ovqatining pulini to`lamaslik uchun janjal qildi (video)

'Samarqandda 4 yigit egan ovqatining pulini to`lamaslik uchun janjal qildi (video)'ning rasmi

Kattaqo`rg`onda ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olindi. Bu haqda darakchi.uz’ga Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 11 may kuni Kattaqo`rg`on shahar “Zarafshon” mahallasida joylashgan oshxonalarning birida janjal bo`layotganligi to`g`risida IIBga xabar kelib tushadi. Janjal bo`layotgan hududga zudilk bilan shahar ichki ishlar bo`limining 3 nafar profilaktika inspektorlari etib borishadi.

4 nafar yosh yigit o`ta kuchli mastlik holatida oshxona egalari bilan egan taomini pulini tulamaslik uchun janjal qilib, oshxona egasi bo`lgan ayolni haqorat qilishadi.

Janjalga chek qo`yish maqsadida xodimlar aralashib, yigitlarni tinchlantirmoqchi bo`lishganda shovvozlar xodimlarga faol qarshilik ko`rsatib, ularga kuch ishlatishadi.

Vaziyatdan qutilib qolmoqchi bo`lgan yigitlardan biri sherigining “Kobalt” rusumli avtomashinasi boshqaruviga o`tirib kapitan Maqsud Radjabovning ustiga qasddan haydab uni turtib yuborgan.

Barcha shaxslar qo`lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar prokuraturasi tomonidan O`zb.Res. JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchilar prosessual tartibda qamoqqa olingan, tergovga harakatlari olib borilmoqda.

  

    Boshqa yangiliklar