AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta mashina to`qnashdi, “Matiz” ag`darilib ketdi

'Toshkentda 4 ta mashina to`qnashdi, “Matiz” ag`darilib ketdi'ning rasmi

Yakkasaroy  tumanida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 may kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko`chasida

Haydovchi 1972 yilda tug`ilgan M.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina;

Haydovchi 1998 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina;

Haydovchi 1982 yilda tug`ilgan R.A. boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli   avtomashina;

Haydovchi 1996 yilda tug`ilgan S.D. boshqaruvida bo`lgan Isuzu rusumli   avtomashinalari to`qnashuvi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida 2 nafar fuqaro  tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar