O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, janubda ba`zi joylarda 37-39° gacha bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.






