AsosiyJamiyat

Qarshida onasi vafotidan so`ng otasining zo`ravonligiga uchragan qizlar xolasiga topshirildi

'Qarshida onasi vafotidan so`ng otasining zo`ravonligiga uchragan qizlar xolasiga topshirildi'ning rasmi

Avvalroq Qashqadaryoda qiz onasi vafotidan so`ng otasi unga va singlisiga shilqimlik qilganini aytgan edi.  U onasining o`limidan so`ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelganligi, turli haqoratlar bilan uning sha`ni-qadr qimmatini poymol qilganligini bildirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta`lim olish munosib sharoitlarini ta`minlay olishi masalasi har tomonlama o`rganildi.

Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. lar vafot etgan onasining opasi bo`lgan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlandi.

Q.D. o`z homiy va vasiyligidagi voyaga etmagan M.Sh. (2008 yilda tug`ilgan) va N.Sh. (2010 yilda tug`ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta`minoti, sog`lig`i, jismoniy, ruhiy, ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo`rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas`ulligi tegishlicha yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar